18:56 / 25.08.2015
4107

Uzreport YeChL o‘yinlarini faqat rus tilida sharhlashini ma'lum qildi

Uzreport axborot agentligining kun.uz saytiga bergan ma'lumotiga ko‘ra, YeChL o‘yinlari rus tilida sharhlanadi.

Shuningdek, bir vaqtda bir nechta uchrashuv bo‘lgan taqdirda, markaziy o‘yin sharhlanib, qolganlari yozib olinishi va kunning boshqa vaqtlarida efirga uzatilishi ma'lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, UzReport TV telekanali UYeFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqlari paketini sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Top