14:41 / 26.08.2015
2909

Afg‘oniston janubida NATOning 2 askari o‘ldirildi

Afg‘oniston janubida afg‘on askari kiyimidagi jangari NATOning 2 nafar askarini otib tashladi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bergan.

Ayni vaqtda bu hodisa uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Xabar qilinishicha, bu voqea G‘ilmon viloyati hududida sodir bo‘lgan.

NATO o‘z askarlarining Afg‘oniston hududida o‘ldirilganini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, hujum qilgan jangarining o‘zi ham o‘ldirilgan.

Top