16:56 / 26.08.2015
3850

Alibaba rahbariyati xodimlarini aksiyalar narxini unutishga chaqirdi

Xitoyning Alibaba internet kompaniyasi bosh direktori Deniyel Chjan xodimlarga yo‘llagan maktubida barchani aksiyalar narxi tushayotganini unutishga chaqirdi.
“Aktsiyalar narxini unutaylik.

Biz vaqtinchalik qiyinchiliklarga chalg‘imasligimiz kerak. Bizda kelajak rejalari bor va unga ko‘ra harakat qilishimiz kerak”, - deyiladi maktubda.
Chjan xodimlarni butun e'tiborni ishga qaratishga chaqirdi va moliyaviy bozorda o‘zgarishlar tez-tez bo‘lib turishini eslatdi.
24 avgust kuni Alibaba aksiyalari IPO darajasidan pastga tushib ketdi. Xitoy moliya bozorlaridagi muammolar tufayli kompaniya aksiyalari narxi 65.80 dollarga tushib ketdi, bu ularning birjaga kiritilish narxidan 2.20 dollarga kamroqdir.

Shu kunning o‘zidayoq G‘arbning bir qator yirik internet kompaniyalarida tushish kuzatildi. Facebook’ning qimmatbaho qog‘ozlari 12, Apple — 10Amazon — 6.4, Microsoft — 5.8, PayPal — 9, Twitter — 8.9 foizga arzonlashdi.

Top