08:13 / 26.08.2015
4329

AQShda 14 yoshli o‘quvchi o‘z sinfdoshlari va o‘qituvchisini garovda ushlab turdi

AQShning G‘arbiy Virginiya shtatida joylashgan Filippi shahridagi maktablardan birining 14 yoshli o‘quvchisi to‘pponcha bilan qurollanib, o‘z o‘qituvchisi va sinfloshlarini garovda ushlab turdi.

Maktabdagi qolgan o‘quvchilar zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Politsiya xodimlari yosh jinoyatchi bilan muzokaralar olib bordilar. Ular muzokaralar natijasida o‘quvchini garovga olinganlarni qo‘yib yuborishga ko‘ndirdilar, so‘ngra o‘smirning o‘zi ham politsiyaga taslim bo‘ldi. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Politsiya o‘quvchini bunday nomaqbul harakatni sodir etishga nima undaganini aniqlashtirmoqda. Hozirda o‘smir shifoxonaga yuborilgan, shifokorlar uning ong-shuurini aniqlashtirmoqdalar.

Top