18:14 / 26.08.2015
2267

Jahon banki Ukraina iqtisodiyoti uchun 500 mln dollar ajratdi

Jahon banki Ukraina iqtisodiyotini reformatsiya qilishi uchun 500 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratadigan bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bergan ma'lumotlarga tayanib «112.Ukraina» telekanali xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, mazkur kreditni hisobga o‘tkazish ishlari 9 sentabrga qadar amalga oshiriladi. «Butunjahon banki kecha Ukrainaga 500 mln dollar ko‘rinishida kredit berishga kelishib olishdi. Biz bu mablag‘ni 9 sentabrga qadar qo‘lga kiritamiz», — deya gapirib o‘tdi Yatsenyuk.

Bosh vazirning qayd etishicha, mazkur mablag‘ Yaponiya va boshqa xalqaro moliya institutlaridan qo‘shimcha yordam olish imkoniyatini beradi.

Top