"Sporting" jamoasining sobiq hujumchisi, angolalik Maskarenyash 78 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida xabar qilindi.
Maskarenyash yevrokuboklarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanar edi.
1963-1964 yillar mavsumida u Kubok egalari Kubogi turniri finalida "Sporting" jamoasi tarkibida Kiprning APOEL jamoasi darvozasiga 6ta gol urgan, o‘sha o‘yin portugaliyaliklarning 16:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. O‘sha turnirda Maskarenyash jami 11ta golga mualliflik qilgandi.
Ma'lumot uchun, Maskarenyash "Sporting" tarkibida 107 o‘yinda 80ta gol urgan. U "Benfika" va Portugaliya terma jamoalarida ham to‘p surgan.