01:11 / 26.08.2015
2226

ExxonMobil Nyu-Jyersi hukumatiga atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 225 mln dollar to‘laydi

Nyu-Jyersi sudi ExxonMobil kompaniyasi va Nyu-Jyersi shtati hukumati o‘rtasidagi kelishuvni ma'qulladi. Unga ko‘ra neft giganti shtatga atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 225 mln dollar tovon puli to‘laydi.

Nyu-Jyersi shtati atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti Texas shtati Irving shahrida joylashgan ExxonMobil kompaniyasi ustidan 2004 yildayoq da'vo arizasi topshirgan. Unda kompaniyaning Linden va Beyonn shaharlaridagi neftni qayta ishlovchi zavodlari tuproqni va yer osti suvlarini ifloslantirgani ta'kidlangan.

O‘tgan yili sud ExxonMobil’ni tabiatga ziyon yetkazishda aybdor deb topgan edi. Keyinroq tomonlar jarima miqdori bo‘yicha kelishuvga erishganlar.

Top