23:25 / 26.08.2015
2481

GoGo samolyotlar bortida yangi avlod internetini sinovdan o‘tkazmoqda

Aviakompaniyalarga provayderlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi GoGo kompaniyasi ma'lumotlarni uzatish texnologiyasining yangi avlodini sinovdan o‘tkazishni boshlashini ma'lum qildi.

Ayni paytda samolyotlar bortida ma'lumotlarni uzatish tezligi 4 Mbit/c dan oshmaydi, chunki samolyotlar internetga ulanishda yerdagi raidominoralardan foydalanadi. Kompaniyada internetga sun'iy yo‘ldoshlar orqali kirish usulini ishlab chiqishdi. Bu usul yordamida prognoz qilinayotgan ma'lumotlar uzatish tezligi 70 Mbit/c gacha yetishi mumkin.

Texnologiyani yettita aviakompaniya ma'qulladi. Ular o‘z samolyotlarini bu texnologiya asosida 2016 yildan modernizatsiya qilishni boshlaydilar. Bungacha esa GoGo sinovlarni yakunlab, texnologiyadagi barcha kamchililarni bartaraf eta olishi mumkin bo‘ladi.

Top