07:59 / 26.08.2015
4215

Halok bo‘lgan "Formula-1"ning sobiq poygachisi Uilsonning tana a'zolari 6 kishiga donorlik a'zolari sifatida o‘tkazildi

AQShda o‘tkaziladigan "Indikar" poygalarining oxirgi bosqichida fojiali tarzda halok bo‘lgan "Formula-1" poygasining sobiq poygachisi, "Andretti" jamoasining 37 yoshli poygachisi Jastin Uilson 6 kishi uchun donorlik qildi. Uning ta'na a'zolari bunga muhtoj 6 kishiga ko‘chirib o‘tkazildi. Buni poygachining o‘zi tirikligida vasiyat qilgan. Bu haqda tvitterda uning ukasi Stefan Uilson yozdi.

"Pokono 500 mili" poygasi davomida poygalar yetakchisi Seyj Karam avariyaga tushib qoldi. Uning mashinasidan uchib chiqqan bo‘laklardan biri Uilsonning shlemiga kelib urildi. Bu zarbadan keyin Uilson muvozanatni yo‘qotib, katta tezlikda to‘siqlarga borib urildi.

Britaniyalik poygachi bexush holda vertolyotda Pensilvaniya shtatidagi Allentaun shahri shifoxonasiga bosh-chanoq suyagi og‘ir jarohatlari bilan yetkazildi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun bir kun davomida kurashdilar, biroq poygachi olgan og‘ir jarohatlardan o‘ziga kelmay halok bo‘ldi.

Jastin Uilson "Indikar" poygalar seriyasida 100 dan ortiq poygada ishtirok etib, uch bor g‘olib bo‘lgan. Poygachi 2003 yilda "Formula-1" poygasining 16 ta bosqichida ishtirok etgan.

Top