02:59 / 26.08.2015
5672

Ispaniya Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 5 ta jamoasi ishtirok etuvchi birinchi davlat bo‘ldi

“Valensiya” 2015/16 yillardagi mavsumda Chempionlar Ligasining 4-saralash bosqichida “Monako”dan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra o‘tdi.
Shu tariqa Ispaniya tarixda Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 5 ta jamoasi ishtirok etuvchi birinchi davlat bo‘ldi. Bular quyidagi jamoalar: “Barselona” (Barselona), “Real” (Madrid), “Atletiko” (Madrid), “Sevilya” (Sevilya) va “Valensiya” (Valensiya).

“Sevilya” Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga 2014/15 yillardagi mavsumda Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lgani uchun yo‘llanma oldi.

Top