16:55 / 26.08.2015
2228

Kobulda Afg‘oniston bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik mintaqaviy konferensiyasi o‘tkaziladi

3-4 sentabrda Kobulda Afg‘oniston bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik mintaqaviy konferensiyasi – RECCA o‘tkaziladi. Bu haqda Afghanistan Today nashri xabar bermoqda.

Afg‘oniston TIVning ma'lum qilishicha, sammit doirasida turli mamlakatdan tashrif buyurgan oliy martabali mehmonlar Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlik qilish, transport, savdo, energetika singari sohalarga investitsiyalar kiritish masalasini muhokama qiladi.

Sammitning bosh mavzusi – “Buyuk Ipak yo‘li Afg‘oniston orqali” doirasida Afg‘onistonni O‘rta Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan markazga aylantirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Top