15:10 / 26.08.2015
11782

Kun.uz'ning Telegram'dagi boti bo‘yicha texnik kamchiliklar bartaraf etildi

Kun.uz nashrining o‘z o‘quvchilariga yangiliklarni qulay yetkazib berish maqsadida Telegram messenjeri uchun yaratgan @KunuzBot’ning texnik kamchiliklari bartaraf etildi.

Endilikda istalgan o‘quvchi yangi qo‘shilgan maqolalar haqida Telegram orqali qisqa vaqt ichida xabardor bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.

Buning uchun messenjerdan @KunuzBot’ni topib, yoki https://telegram.me/KunUzBot manzil orqali o‘tib , unga /start komandasini yuborishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, yangiliklar kelishi sizni bezovta qilsa, u holda /stop komandasi orqali xabarlar kelishini to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘ladi. 

O‘quvchini ortiqchi bezovta qilmaslik maqsadida Telegram orqali faqatgina saralangan maqolalar yuboriladi.

Shuningdek, saytdagi maqolalarni Android operatsion tizimidagi smartfon foydalanuvchilari Kun.uz ilovasi orqali o‘qishlari mumkin bo‘ladi. Ilovani ushbu manzil orqali Google Play ilovalar do‘konidan yuklab olishingiz mumkin. 

Tez orada bunday imkoniyat iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun ham taqdim etiladi. 

Kun.uz bilan birgalikda dunyoni kuzatib boring. Tezkor, dolzarb va qiziqarli xabarlar. 

Top