16:26 / 26.08.2015
8494

O‘zbekistonda parrandachilik sohasi yuqori sur'atlarda rivojlanmoqda

O‘zbekistonda oxirgi besh yil davomida parrandachilik va tuxum mahsulotlarini ishlab chiqarish deyarli 2 mlrd.ga o‘sishga erishdi, deb yozmoqda «Turkiston-Press» NAA.

Agar bu ko‘rsatkich 2010 yilda 3 mlrd dona tuxumni tashkil qilgan bo‘lsa, 2014 yil so‘nggiga kelib bu ko‘rsatkich deyarli 5 mlrd. donani tashkil qilmoqda.
Hozirda tadbirkorlar o‘rtacha aholi jon boshiga yiliga 157 dona tuxum va 3 kg. tovuq go‘shti mahsulotlarini yetkazib bermoqda.

Ma'lumot uchun, 2015 yilning boshidan qishloq xo‘jaligining parrandachilik sohasini rivojlantirish maqsadida 800dan ortiq loyihalar hayotga tadbiq qilindi va 11 mln. 900 ming parranda turlari yetishtirildi. Olti oylik ko‘rsatkichlar natijasida 2,8 mlrd. tuxum yetishtirildi. Bu o‘tgan davr bilan solishtirganda 11,6 foizga ko‘proq demakdir.

Top