19:29 / 26.08.2015
2306

Son Xyong Min 30 mln yevro evaziga «Tottenhem»ga o‘tmoqda

Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xyong Min tez orada Germaniyaning «Bayyer»idan Angliyaning «Tottenhem» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Kölner Stadt-Anzeiger nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, 23 yoshli hujumchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga yetib keladi. Nemis klubi futbolchini sotishdan taxminan 30 million yevro ishlab olishi mumkin bo‘ladi.

Koreyalik futbolchining «Bayyer» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Top