22:14 / 26.08.2015
3509

Ukraina Xitoyga boshoqli ekinlar yetkazib berish hajmini 8 barobarga oshirdi

2015 yilning yanvaridan iyunigacha Ukraina Xitoyga eksport qiladigan boshoqli ekinlar hajmini 7,8 barobarga, ya'ni 2,74 mln tonnagacha ko‘paytirdi. Birinchi yarim yillikda Ukrainadan Xitoyga yetkazib berilgan kungaboqar yog‘i hajmi 6,8 foizga, ya'ni 330 ming tonnagacha oshgan. Bu haqda Ukraina agrar siyosati va oziq-ovqat vazirligiga iqtibos keltirgan holda holda UNIAN axborot agentligi ma'lum qildi.
Shuningdek, 2,7 mln tonn makkajo‘xori eksport qilingan.

Xitoyga yetkazib beriladigan oziq-ovqat assortimentida yangi yog‘lar paydo bo‘ldi. Birinchi yarim yillikda Xitoyga 32,4 ming tonna soya va 14,1 ming tonna raps yog‘i yetkazilgan.
Ukraina ko‘rilayotgan davr ichida Xitoyga 783,3 mln dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib bergan.

Top