16:32 / 26.08.2015
2450

Xitoylik yo‘lovchi aeroport xodimlari o‘tkazishga ruxsat bermagan konyakni o‘zi ichib, janjal ko‘tardi

AQShdan Xitoyga uchib kelgan Chjou familiyali xonim Pekin aeroportida o‘z safar xaltasidagi 1 shisha Rémy Martin konyagini olib kirishga ruxsat berishmagach, uni o‘sha joyning o‘zida ichib yuborishga qaror qildi.

Xabarda aytilishicha, u bu ichimlikni AQShda 200 dollar evaziga xarid qilgandi va ichimlikni tashlab ketishni istamagan.
Shundan so‘ng, mast bo‘lib qolgan ayol aeroport hududida janjal ko‘targan. Aeroport xodimlari uni nogironlar aravasiga mindirib, maxsus dam olish xonasiga olib borib, uxlatib qo‘yishlariga to‘g‘ri kelgan.

Top