16:37 / 26.08.2015
6485

Xoking yangi qora tuynuklar nazariyasini taklif qildi

Taniqli olim Stiven Xoking yangi qora tuynuklar nazariyasini taklif qildi. Uning nazariyasi The Independent sahifalarida e'lon qilindi.

Yangi qarashga ko‘ra, odamlar qora tuynuklardan g‘oyib bo‘lmasdan o‘tishlari mumkin.
“Baxtiqaro kosmik sayyohlar qora tuynukka tushib qolsa, hech qachon o‘z koinotiga qayta olmaydi, ammo boshqa joyda paydo bo‘lib qoladi”, - dedi olim Stokgolmdagi konferensiya chog‘ida.
Xokingning ishonishicha, qora tuynuklar, ilgari taxmin qilinganidek, boshi berk yo‘l bo‘lmay, balki boshqa koinotlarga o‘tish yo‘lidir. Ammo, shu bilan birga, u orqali o‘tgan buyumlar va odamlar hech qachon ortga qayta olmaydi.

“Shu tariqa, kosmiy sayohat uyushtirish fikrimdan qaytaman”, - xulosa qildi mutaxassis.
Astrofiziklar ko‘pdan buyon hatto nur yetib bormaydigan joyga kirib qolgan buyumlarga nima bo‘lishi haqidagi savolga javob qidirib yurishibdi. G‘oyib bo‘lgan obekt haqidagi axborot saqlanib qolishi kerak, ammo olimlar uni qayerdan qidirishni bilmay kelayotgan edi. Xoking taklif qilgan yangi nazariyaga ko‘ra, axborot obekt g‘oyib bo‘lgan joy ufqida saqlanib qoladi. Obekt hech qachon ortga qayta olmaydi, lekin u haqdagi axborot qora tuynukning bu tarafida qolaveradi.

Top