17:48 / 27.08.2015
2497

Andijondagi qariyalar uyiga avtobus sovg‘a qilindi

Bayram arafasida Andijondagi “Saxovat” uyida istiqomat qiluvchilarga «Anteks Elit» MChJ tomonidan “Isuzu” avtobusi hadya qilindi.

"Muassasa uzoq va yaqinlarga juda ko‘p sayohatlar uyushtiradi va tabiiyki, bunday transportga ehtiyoj nihoyatda yuqori edi. Faxriylar va keksalar yangi avtobusning atrofidan bir aylanib chiqib, mana shunday ezgu ishga qo‘l urgan hamyurtlarimizning borligi uchun shukrona keltirishdi", deyiladi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining axborot xizmati xabarida.

Top