03:29 / 27.08.2015
5197

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

2015/16 yillardagi mavsumda Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi barcha jamoalar nomlari ma'lum bo‘ldi. 27 avgustda bo‘lib o‘tadigan qur'a tashlash marosimida jamoalar 8 guruhga bo‘linadilar. Jamoalar o‘z guruhlaridagi har bir raqib bilan ikkita o‘yin – o‘z maydonlari va mezbonda uchrashuv o‘tkazadilar.

Jamoalar quyidagicha ko‘rinishda savatchalarga taqsimlandilar:

Birinchi savatcha: «Barselona», «Chelsi», «Bavariya», «Yuventus», «Benfika», «PSJ», «Zenit», PSV.
Ikkinchi savatcha: «Real», «Atletiko», «Portu», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Valensiya», «Bayyer», «Manchester Siti».
Uchinchi savatcha: «Shaxtyor», «Sevilya», «Lion», «Dinamo» (Kiyev), «Olimpiakos», TsSKA, «Galatasaray», «Roma».
To‘rtinchi savatcha: BATE, «Borussiya» (Menxyongladbax), «Volfsburg», «Dinamo» (Zagreb), «Makkabi», «Gent», «Malme», «Astana».

Guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 27 avgustda, Toshkent vaqti bilan 20:45 da boshlanadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari 15-16 sentabrdan boshlanib, 8-9 dekabrda yakunlanadi.

Top