Chempionlar Ligasi 4-saralash bosqichining javob uchrashuvida "TsSKA" “Arena Ximki”da 3:1 hisobida Lissabonning “Sporting” klubini yutdi.
Mehmonlar 36-daqiqada Teofilo Guterresning goli hisobiga oldinga chiqib oldilar. Mezbonlar 2-taymning boshida Seydu Dumbiya goli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Dumbiya uchrashuvning 72-daqiqasida dublga erishdi. Uchrashuvdagi g‘alaba to‘pini 85-daqiqada “armiyachilar”ning nigeriyalik futbolchisi Ahmad Musa kiritdi. Lissabonliklar o‘yinning oxirida Mariuning chetlatilishi tufayli 10 kishi bo‘lib o‘ynashlariga to‘g‘ri keldi. Birinchi uchrashuvda “Sporting” o‘z maydonida 2:1 hisobida yutgan edi.
"TsSKA" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqaning guruh bosqichiga chiqdi.
Chempionlar Ligasida Rossiya nomidan endilikda ikkita klub – TsSKA va Zenit ishtirok etadi.
Chempionlar Ligasi. Pley-off bosqichi. Javob uchrashuvi
TsSKA (Moskva, Rossiya) – Sporting (Lissabon, Portugaliya) – 3:1
Gollar: Guterres, 36 (0:1); Dumbiya, 49 (1:1); Dumbiya, 72 (2:1); Musa, 85 (3:1).
Chetlatish: Mariu (Sporting), 90+2.