13:39 / 27.08.2015
3571

Dollar va yevro kursi rublga nisbatan o‘rtacha 90 tiyinga arzonlashdi

Moskva birjasida payshanba kungi savdolarning ochilishida dollar va yevro kursining rublga nisbatan biroz tushishi kuzatildi.

Aytilishicha, uch kundan buyon rubl kursining ko‘tarilib borishi Rossiya markaziy bankining ko‘rgan choralari hamda neft narxining sekin-asta ko‘tarilib borishi bilan bog‘liq.
Dollar kursi 91 tiyinga tushib, 67.99 rublni tashkil qildi. Yevro kursi 88 tiyinga tushib, 77.03 rublga teng bo‘ldi. Bivalyuta korzinasi narxi ham 90 tiyinga pasayib, 72.06 rublni tashkil qildi.

Top