02:38 / 27.08.2015
2724

"MYu”, “BATE”, “Bayyer” Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi

Chempionlar Ligasining 4-saralash bosqichi natijalariga ko‘ra Belarusning BATE, Anliyaning “Manchester Yunayted”, Germaniyaning “Bayyer” klublari Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi.

Belarusning BATE klubi mehmonda Serbiyaning “Partizan” klubi bilan o‘tkazgan javob uchrashuvida 1:2 hisobida yutqazganiga qaramasdan, mehmonda urgan goli evaziga Chempionlar Ligasining keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Birinchi uchrashuv BATE foydasiga 1:0 hisobida yakunlangan edi.

Partizan B (Belgrad, Serbiya) – BATE (Borisov, Belarus) – 2:1
Gollar: Stasevich, 25 (0:1); Javnerchik, 74 (1:1, avtogol); Shaponich, 90+3 (2:1).

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Belgiyaning “Bryugge” klubi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 20 marta Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqdi.
“MYu” hujumchisi Ueyn Runi uchrashuvning 30, 49 va 57-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z hisobiga xet-trik yozib qo‘ydi. 4-to‘pni Ander Errera 63-daqiqada kiritdi. Birinchi uchrashuvda mankunianliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Bryugge (Bryugge, Belgiya) – Manchester Yunayted (Manchester, Angliya) – 0:4
Gollar: Runi, 20 (0:1); Runi, 49 (0:2); Runi, 57 (0:3); Errera, 63 (0:4).
Bajarilmagan penalti: Ernandes, 81. (MYu)

Germaniyaning “Bayyer” klubi o‘z maydonida Rimning “Latsio” klubini tor-mor etdi. “Aspirinchilar” Chempionlar Ligasi 4-bosqichining javob uchrashuvida “Latsio”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdilar. Birinchi uchrashuv “Latsio” foydasiga 1:0 hisobida yakunlangan edi.
Uchrashuvda hisobni “Bayyor”ning turkiyalik hujumchisi Xaqon Cholxono‘g‘lu 40-daqiqada ochdi. Shveytsariyalik futbolchi Admir Mexmedi 48-daqiqada raqib darvozasiga kiritgan to‘pi evaziga nemis klubining ustunligini 2 to‘pga yetkazdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida Karim Bellarabi o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Bayyer (Leverkuzen, Germaniya) – Latsio (Rim, Italiya) – 3:0
Gollar: Cholxono‘g‘lu, 40 (1:0); Mexmedi, 48 (2:0); Bellarabi, 88 (3:0).
Chetlatishlar: Maurisio, 68.

Top