14:40 / 27.08.2015
4740

O‘zbekistonda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi

27 avgustdan O‘zbekistonda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida “Sog‘lom bola yili” davlat dasturini ro‘yobga chiqarish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlamentning quyi palatasiga kiritilgan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun tasdiqlangan edi.

15 iyul kuni quyi palata tomonidan qabul qilingan ushbu qonun 26 avgustda davlat rahbari tomonidan imzolandi hamda 27 avgustda markaziy matbuotda e'lon qilinishi bilan kuchga kirgan hisoblandi.
Ta'kidlanganishicha, “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi qonunning o‘rniga qabul qilinayotgan ushbu hujjat zamonaviy talablarni inobatga olgan holda mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga, kasalliklarning oldini olishning samarali tizimini yanada rivojlantirishga, aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashga,

sanitariya normalari va qoidalarini bajarishga, inshootlar, binolar, tashkilotlar, boshqa obektlarni saqlash yuzasidan sanitariya-epidemiologik talablarni belgilashga hamda fuqarolik jamiyati institutlarining bu jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan.

Top