01:49 / 27.08.2015
3080

Qoraqalpog‘istonda Samarqandga 150 gr afyun olib ketayotgan ayol 10 yilga qamaldi

Qoraqalpog‘istonda Samarqandga 150 gr afyun olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Ayblanuvchi Aysha Yernazarova ilgari ham afyun savdosidan qo‘lga tushib, 8 yilga qamalgan, ammo 2013 yilda jazo muddatining qolgan qismini nazorat ostida o‘tkazish sharti bilan ozodlikka chiqqan edi. Yernazarova nazorat ostida bo‘lishiga qaramay, eski ishini davom ettirishga qaror qildi.

2014 yilda u Samarqand shahriga 150 gr afyun olib ketayotganida qo‘lga olindi. Sud hukmi bilan u 10 yil 3 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Top