01:54 / 27.08.2015
8807

Sirdaryoda haydovchidan 55 ming so‘m pora olgan YHXB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryoda haydovchidan 55 ming so‘m pora olgan YHXB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Sirdaryo viloyat IIB YHXB yo‘l nazorati bo‘limi katta muhandisi Bahrom Hoshimov 50 yoshiga qadar biror marta poraxo‘rlikka qo‘l urmagani aytilmoqda. Shunga qaramay, 2014 yilning oktabrida u pora olish ustida qo‘lga olindi.

Sardoba tumani hududidagi Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lida Hoshimov Sirdaryo-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l qoidasini buzib harakatlanayotgan avtoulovni to‘xtatib, haydovchi Burxon Tolipovdan “aybini yopish” uchun 55 ming so‘m pul tama qildi. Ammo uning ishi voqea joyida fosh qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudi tomonidan mansab vakolatini suiiste'mol qilgan Hoshimovga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Top