20:01 / 27.08.2015
3426

Ter Shtegen tomonidan amalga oshirilgan seyv o‘tgan mavsumdagi eng yaxshisi deb topildi

"Barselona" jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o‘tgan mavsumda "Bavariya" jamoasiga qarshi o‘yinda amalga oshirgan seyv o‘tgan yevromavsumning eng chiroyli seyvi deb topildi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tashkilot rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, germaniyalik darvozabonning seyvi eng ko‘p ovoz to‘pladi. Qatnashchilarning 28 foizi ter Shtegen tomonidan amalga oshirilgan seyvni eng chiroylisi deb topishdi.

Bu boradagi ikkinchi natija "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyyerga tegishli bo‘ldi. Uning "Roma" bilan uchrashuvdagi harakati uchun 20 foiz ovoz berilgan.

YeChL finalida "Yuventus" darvozaboni Jan Luijji Buffon Dani Alvesning zarbasini bartaraf etishi esa uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Top