07:24 / 27.08.2015
2179

Yuriy Jirkov «Dinamo»dan «Zenit»ga o‘tdi

Moskvaning «Dinamo» jamoasi yarimhimoyachisi Yuriy Jirkov Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasiga o‘tdi.

«Sport-Ekspress» nashrida yozilishicha, futbolchi yangi jamoasidagi maoshi kamroq bo‘lishiga qaramasdan shunday qarorga kelgan.

"Piterliklar" uning transferi uchun 7 mln yevro atrofida haq to‘lashgan va u bilan 2017 yilning yozigacha bitim tuzgan.

Ma'lumot uchun, Jirkov "Dinamo"ga 2013 yilning yozida "Anji"dan kelgan edi. Undan oldinroq esa "Chelsi" va TsSKA jamoalarida to‘p surgan.

Top