20:20 / 28.08.2015
7631

Angrenda restoran yaqinidagi mushtlashuv ishtirokchilardan birining o‘limi bilan yakunlandi

Angrenda uch nafar o‘rtoq mast holda kirakash yigitni urib o‘ldirib qo‘yishdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, yaqin do‘stlar Umid Safarov, Vohid Nabiyev va Sanjar Boqiyevlar restoranga kirib, yarim tungacha o‘tirishgan. Tashqariga chiqishgach, mast o‘rtoqlar hozirgina o‘zlari chiqqan restoranda ofitsiant bo‘lib ishlaydigan qizlarning Matiz rusumli avtomobilga o‘tirib ketmoqchi bo‘layotganini ko‘rib, ularning oldiga oshiqqan. Bundan jahli chiqqan kirakash yigitlar bilan talashib qolgan. Safarov va Nabiyev yigitni yaqin oradagi bog‘ ichiga olib kirib ketib, do‘pposlashgan. Boqiyev dastlab ularga qo‘shildi, so‘ng, do‘stlarini bir amallab voqea joyidan olib ketgach, Safarovning akasi bilan voqea joyiga qaytib kelgan va haydovchining haligacha shu yerda yotganini ko‘rgan.

Ular tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirgan, ammo haydovchining joni uzilib bo‘lgan edi. Ertasiga militsiya xodimlar o‘tkazgan tergov natijasida ofitsiant qizlar mushtlashuvda ishtirok etgan har uchala erkakni tanishgan.
Mast ahvolda qotillikka qo‘l urgan do‘stlar qamoqqa olindi.

Top