19:48 / 28.08.2015
2154

BMT: 2015 yilda O‘rta Yer dengizida 2,5 ming muhojir halok bo‘ldi

Joriy yilda taxminan 2,5 ming nafar qochqinlar O‘rta yer dengizida haloq bo‘lishgan. Qochqinlar Yevropaga noqonuniy ravishda kirishga uringan paytlarida shunday halokatga yo‘liqishgan, deb yoziladi BMT hisobotida. Mazkur hisobot haqida Deutsche Welle nashri ma'lum qilgan.

BMTning qochoqlar bo‘yicha oliy komissiyasi vakili Melissa Flemingning ta'kidlashicha, hozirga qadar 300 ming nafardan ortiq odamlar noqonuniy ravishda Yevropa davlatlari hududida o‘tishga urinishgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning qariyb 200 ming nafari dengiz yo‘lidan Gretsiya orqali bunga erishishgan bo‘lsa, yana 110 mingi Italiya orqali Yevropaga kirib kelgan.

Oldinroq, Yevropaga kirib kelgan noqonuniy muhojirlar soni Ikkinchi jahon urushidan keyin rekord ko‘rsatkichga yetgani xabar qilingandi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan iyul oyida ro‘yxatga olingan muhojirlar soni 107,5 mingni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning shu oyigacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan anchagina yuqoridir.

Top