11:29 / 28.08.2015
3402

Donald Tramp boshida haqiqiy soch o‘sayotganini aytdi

AQSh prezidentligi saylovolda poygasida ishtirok etayotgan Respublikachilar vakili Donald Tramp OAVni, raqiblarini va saylovchilarni ko‘pdan buyon bezovta qilib kelayotgan savolga javob berdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar qilgan.

Janubiy Karolinadagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida u boshidagi sochlar haqiqiy ekanligini aytib qasam ichdi. U tinglovchilar orasidagi ayollardan birini minbarga chaqirib, buni tekshirib ko‘rishni taklif qildi. Ayol Trampning sochlaridan tortib ko‘rib, ularning haqiqiyligini tasdiqladi.

Tramp turmagi buzilmasligi uchun lakdan foydalanishi ma'lum qildi.

Trampning soch turmagi oxirgi haftalarda AQSh matbuotida muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi. Hatto The New York Times gazetasida bu haqda maqola chop etildi.

Top