23:03 / 28.08.2015
5681

Krishtianu Ronaldu hayotda nimadan ko‘proq qo‘rqishini ma'lum qildi

Madridning “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hayotda nimadan ko‘proq qo‘rqishini ma'lum qildi.

“Men hayotda olamdan yosh o‘tib ketishdan ko‘proq qo‘rqaman. Men 80-90 yoshlargacha yashashni istardim. Mening sevimli mashg‘ulotim borasida aytadigan bo‘lsak, bu shak-shubhasiz o‘g‘lim bilan futbol o‘ynashdir. Umuman, maydon tashqarisida men hamma kabi oddiy insonman. Mening kun tartibim ham oddiy, men oilam, do‘stlarim va o‘g‘lim bilan vaqtimni o‘tkazishni xush ko‘raman. Men har kuni ertalab mashg‘ulot qilaman va uyga kelgach, menga bu yerda ham zavq beradigan ishlar bilan shug‘ullanaman”, deb aytmoqda 30 yoshli superfutbolchi.

Top