18:59 / 28.08.2015
9387

Qirg‘iziston O‘zbekiston va Qozog‘istonga elektr energiyasi tranziti uchun to‘lovni to‘xtatdi

Bugun, 28 avgustdan boshlab Qirg‘iziston O‘zbekiston va Qozog‘istonga elektr energiyasi tranziti uchun to‘lovni to‘xtatdi. Bu haqda jurnalistlarga “Qirg‘iston milliy elektr tarmoqlari” OAJ bosh direktori Medetbek Aytqulov ma'lum qildi.

Avvallari Qirg‘iziston Respublikasi mamlakat janubida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini respublika shimoliga yetkazish uchun O‘zbekiston va Qozog‘iston elektr tarmoqlaridan foydalanar edi.

Bosh direktorning aytishicha, tranzit uchun Qirg‘iziston O‘zbekistonga yiliga 8 mln dollar to‘lar edi. Biroq “Datka” va “Kemin” stansiyalari barpo etilib, ular o‘rtasida “Datka-kemin” elektr uzatish tarmog‘i qurilganidan so‘ng ushbu to‘lovlar to‘xtatilib, bu borada Qirg‘iziston energetik mustaqillikka erishdi.

Top