23:16 / 29.08.2015
2686

Angliya Premer ligasi: “Arsenal”, “Manchester Siti” navbatdagi g‘alabalarini qo‘lga kiritdi

29 avgustda Angliya Premer ligasining 4-turi doirasida “Arsenal” mehmonda “Nyukasl” bilan uchrashdi, “Manchester Siti” esa o‘z maydonida “Uotford”ni qabul qildi.

Chempionlik uchun asosiy da'vogarlardan biri Londonning “Arsenal” jamoasi mehmonda “Nyukasl” ustidan 0:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 16-daqiqasidayoq “Nyukasl” ozchilikda qoldi – mezbonlar hujumchisi Aleksandr Mitrovich o‘yindan chetlatildi. “Arsenal” uchrashuvning 52-daqiqasidagi mezbonlar himoyachisi Fabrisio Kolochchinining avtogoli hisobiga uchrashuvda g‘alaba qozondilar.

Nyukasl Yunayted – Arsenal – 0:1
Gollar: Kolochchini, 52 (0:1, avtogol).
Chetlatish: Mitrovich 16 (Nyukasl)

“Manchester Siti” o‘z maydonida “Uotford”ni 2:0 hisobida yutdi. To‘plarni 47-daqiqada Rahim Sterling va 56-daqiqada Fernandino kiritdi.

Manchester Siti – Uotford – 2:0
Gollar: Sterling, 47 (1:0); Fernandino, 56 (2:0).

4-turning qolgan uchrashuvlari quyidagicha yakunlandi:

Aston Villa – Sanderlend – 2:2
Gollar: M'Vila, 8 (0:1); Sinkleyr, 11 (1:1, pen); Sinkleyr, 41 (2:1); Lens, 52 (2:2).

Bornmut – Lester Siti – 1:1
Gollar: Uilson, 24 (1:0); Vardi, 86 (1:1, pen).

Stok Siti – Vest Bromvich Albion – 0:1Premer
Gollar: Rondon, 45+3 (0:1).
Chetlatish: Afellay, 25; Adam, 31 (Stok Siti)

Top