Ispaniyaning "Sevilya" jamoasida o‘ynagan, transfer huquqi "Barselona"ga tegishli bo‘lgan Denis Suares "Vilyarreal" jamoasi safiga borib qo‘shildi. Bu haqda "sariq submarinalar" jamoasining rasmiy saytida xabar qilingan.
Ma'lum bo‘lishicha, u yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Ma'lumot uchun, 21 yoshli bu futbolchi o‘tgan mavsumda "Sevilya"da ijara asosida harakat qilib, 31 o‘yinda 2ta gol urgan va 4ta golli pas uzatgan.