13:06 / 29.08.2015
8174

Filippinda cherkov yuvinish xonasiga yashirin kuzatuv kameralarini o‘rnatgan AQShlik rohib qidirilmoqda

Filippin hukumati AQShdagi cherkovlardan birining yuvinish xonasiga yashirin kuzatuv kameralari o‘rnatganlikda ayblanganidan so‘ng mamlakatdan yashirincha qochib ketgan oregonlik rohibni qidirmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Israel Benning otasi esa shaxsiy hayotga aralashuv va daliliy ashyolarni soxtalashtirganlikda ayblanmoqda.

Yuvinish xonasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari elektr rozetkasi ko‘rinishida niqoblangan bo‘lgan. Ushbu vositalar esa 2015 yilning aprel oyi oxirida AQShning Oregon shtati Shervurd shahridagi avliyo Frantsisk cherkovining erkaklar yuvinish xonasidan topilgan edi.

Ayni paytda ruhoniy AQShga ekstraditsiya qilish uchun Filippin hukumati tomonidan qidirilmoqda. B'yenning o‘zi esa cherkov a'zolariga yozgan maktubida shaxsiy salomatligi va tinchligiga xavf mavjudligi uchun ortga qayta olmasligini ma'lum qilgan.

Top