06:30 / 29.08.2015
2306

Keniyalik yigit terrorchilik tashkilotlarini moliyalashtirgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Keniyalik 27 yoshli Muhammad Husayn Said Mayami sudi tomonidan Afrika va Yaqin Sharqdagi terrorchilik tashkilotlarini moliyalashtirishdagi aybiga iqror bo‘lgandan keyin 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Husayn Said “Al-Qoida”, “An-Nusra fronti” va “Ash-Shabob” kabi terrorchilik tashkilotlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda. Ayblanuvchi ularni moliyalashtirish uchun umumiy hisobda 11,6 ming dollar yuborgan.

Ayblov hukmida u o‘zining sherigi bilan terrorchilar orasida ommalashgan onlayn-chat orqali Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatini to‘ntarib tashlamoqchi bo‘layotgan “An-Nusra fronti” (“Jibhat an-Nusra”) guruhiga moliyaviy ko‘mak jalb qilgani va yangi jangarilarni yollashda foydalangani ta'kidlanmoqda.

Shuningdek, ular Somali hududida shariat qonunlarini o‘rnatish uchun kurashayotgan “Ash-Shabob” terrorchilik guruhiga pul yuborgani ham iddao qilinmoqda.

Top