16:22 / 29.08.2015
3469

Kobul shahrida ikki marta kuchli portlash sodir bo‘ldi

Shanba, 29 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida ikki marotaba kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalariga asoslanib “Interfaks” agentligi xabar bermoqda.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma'lum qilinmadi. Mahalliy politsiya portlash sabablarini o‘rganmoqda.

Terakt uchun birorta jinoiy guruh javobgarlikni zimmasiga olganicha yo‘q.

Top