10:37 / 29.08.2015
3232

Lionda marixuana sotuvchi shaxs o‘z xizmati haqida varaqa tarqatayotganida qo‘lga tushdi

Fransiyaning Lion shahri politsiyasi o‘z xizmatlari haqida varqa tarqatib yurgan marixuana sotuvchisini hibsga oldi. France24 telekanalining xabariga ko‘ra 32 yoshli jinoyatchi qo‘lga olingan.

U bu varaqasida o‘z ismi, manzili, telefon raqami va qanday narxlarda qanday mahsulotlar yetkazib berishi haqida yozgan.

Varaqada u 100 yevrodan qimmat narxdagi mahsulotlarini yetkazib bergani uchun qo‘shimcha haq olmasligini bildirgan.

Uning "reklama kampaniyasi" yo‘lovchilardan biri undan giyohvand modda sotib olishi va bu haqda yaqin joydagi politsiya idorasiga ma'lum qilishi bilanoq yakunlandi. Jinoyatchining uyi tintuv qilinganida uydan 102 gramm miqdoridagi kannabis moddasi va bir necha varaqa topilgan.

U tergov vaqtida o‘zining og‘ufurush emasligini, yangi do‘stlar orttirish uchun shunday yo‘l tutgani haqida aytgan.

Top