19:28 / 29.08.2015
2344

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 29 avgust kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi – Bolalar mehnati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash raisi T.Narbayeva hamda AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblyum uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi maxsus maslahatchisi R.Miller, AQShning O‘zbekistondagi elchisi P.Spratlen, AQSh elchixonasining 2-kotibi A.Kuper, O‘zbekiston Respublikasida Bolalar mehnati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda AQSh delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan imzolangan Munosib mehnat dasturini amalga oshirish, bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishtirildi hamda kelgusidagi hamkorlik masalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari D.Rozenblyum O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishlarda, xususan xalqaro mehnat standartlarini amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar hamda ularning ijobiy natijalarini e'tirof etdi.

Top