19:29 / 29.08.2015
5874

Ucell kompaniyasi o‘zbekistonlik Haj ziyoratchilariga arzonlashtirilgan rouming xizmatini taqdim etdi

Qulay va foydali. Ucell Kompaniyasi taqdim etayotgan rouming xizmatida ana shu mezonlar mujassam.
Ziyoratga, ayniqsa, muborak haj safariga tayyorgarlik kurayotgan yurtdoshlarmizga davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Haj ziyorati ko‘ngildagidek o‘tishiga ko‘plab kompaniyalar ham o‘z hissasini qo‘shishga intilayapti. Ucell Kompaniyasi ham bu savobli ishdan chetda turgani yo‘k. Kompaniya vakillari mazkur xizmat taqdimoti marosimida bu haqda batafsil ma'lumot berishdi.
Taqdimotda qayd etilishicha, Ucell Kompaniyasi aynan muborak safarga ketayotgan ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining Mobily aloqa operatori bilan hamkorlikda maxsus taklif ishlab chikkan va endilikda vatandoshlarimiz Ucell Kompaniyasining arzonlashtirilgan rouming xizmatidan bemalol foydalanishi mumkin.


— Xalqimizda savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak, degan ajoyib hikmat bor, — deydi Ucell Kompaniyasining rouming va interkonnekt bo‘limi boshlig‘i Akrom Rasulov. — Shuning uchun kompaniyamiz ana shunday xayrli ishlarni doimiy amalga oshirib kelmoqda. Bu yil ham qutlug‘ haj safariga borayotgan yurtdoshlarimiz uchun qulay va arzonlashtirilgan maxsus taklif ishlab chiqdik. O‘zbekistonlik hojilar, yurtdoshlarimiz Saudiya Arabistonidan turib rouming xizmatidan foydalangan holda bemalol yaqinlari bilan arzon narxlarda gaplashishi mumkin. Buning uchun ular Ucell sim-kartasini xarid qilib, shu joyning o‘zida roumingni yoqtirishi kifoya. Qolaversa, Ucellning doimiy mijozlari ham *155# qisqa raqamiga USSD so‘rov yuborish orqali yangi rouming xizmatiga ulanishi mumkin (xizmatni faollashtirish bepul). Mazkur taklifga binoan, chiquvchi va kiruvchi qo‘ng‘iroqning bir daqiqasi hamda bir MB internet narxi 1 dollaru 30 sentni, bitta SMS esa 0,13 sentni tashkil etadi.


Ucell Kompaniyasi mutaxassislari qayd etishicha, roumingga ulanib, Saudiya Arabistoniga yetib kelgandan so‘ng, uyali aloqa vositasida bir necha tarmoqlarning nomi chiqadi. Ular orasidan Mobily tarmog‘ini tanlash kerak. Shundan so‘ng qo‘ng‘iroqni amalga oshirish, eson-omon yetib kelgani xususida oila a'zolarini xabardor etishlari mumkin.
— Bunday qulaylik safarga ketayotgan hamyurtlarimiz uchun ayni muddaodir, — deydi O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakilligi mas'ul kotibi Bekmurod Saxriyev. — Narxlar avvalgilariga qaraganda olti martagacha arzonlashtirilgani xursand qiladi kishini. Bu esa safar chog‘i xotirjam holda qo‘ng‘iroqni amalga oshirish imkonini beradi. Ham qulay, ham cho‘ntakbop. Ayniqsa, safardaligimizda uyali aloqa vositamizga to‘lovlarni yaqinlarimiz mamlakatimizdan turib ham amalga oshirishi mumkin. Zero, ba'zan safar paytida ko‘l telefoniga pul o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar ham kuzatiladi.
Bundan tashqari, tadbirda ta'kidlanganidek, haj safari chog‘ida ayrim kimsalar tomonidan har xil uyali aloqa vositalarini taklif etish holatlari ham kuzatilgan. Bunday takliflarga aldanib qolmaslik lozim. Chunki ushbu telefonlarni xarid qilgan ziyoratchilar chuv tushganini, bu telefonlardan qo‘ng‘iroqni amalga oshirish imkoni yo‘qligini ma'lum qilishgan. Shuning uchun tadbirda bu borada ham ehtiyotkor bo‘lish lozimligi qayd etildi.
- Mamlakatimizning barcha hududlarida Ucell Kompaniyasining ofislari faoliyat ko‘rsatmoqda, — deydi Akrom Rasulov. —Jumladan, deyarli har yili kompaniyamiz mijozlarga yanada qulay hamda arzon tarif rejalari, imtiyozli internet va SMS paketlarini taqdim etmoqda. Aytish mumkinki, muborak safarga borayotgan barcha yurtdoshlarimiz Kompaniyamizning www.ucell.uz saytiga kirib, o‘zlari istiqomat qiladigan hududdagi ofislarimizga kelib, yoki «8123» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Saudiya Arabistonidagi rouming xizmati xususida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, mazkur maxsus taklifimiz 2015 yilning 1 noyabr kuniga qadar barcha Ucell abonentlari uchun amal qiladi.
Bugungi kunda Ucell Kompaniyasi 160dan ziyod mamlakatda xalqaro avtomatik rouming xizmatini taqdim etmoqda. Shubhasiz, kompaniyaning sa'y - harakatlari natijasida xalqaro rouming xizmatidan foydalanish yanada qulaylashadi. Chunki Ucell o‘z abonentlarining rouming aloqasidan foydalanish uchun sarf-xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan samarali takliflar taqdim qilmokda.

Reklama xuquqi asosida.

Top