21:24 / 30.08.2015
2527

“Manchester Siti” de Bryuynening transferini e'lon qildi

Manchester Siti” jamoasi “Volfsburg” yarimhimoyachisi Kevin De Bryuynening “shaharliklar” safiga qo‘shilishini e'lon qildi. 24 yoshli futbolchi “Man Siti” bilan 6 yillik shartnoma imzoladi va 17 raqam ostida to‘p suradi, deb ma'lum qildi jamoa sayti.

Yarimhimoyachi “bo‘rilar” safida 2014 yildan beri to‘p surib kelgan. O‘tgan mavsumda De Bryuyne Bundesligada 34 ta o‘yin o‘tkazgan hamda 10 ta to‘p urishga, 20 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan. De Bryuyne jurnalistlar talqini bo‘yicha Germaniyada yil o‘yinchisi deb topilgan edi.

Top