11:45 / 30.08.2015
3988

Andijon viloyatida 25 yoshli yigit mast holda Nexia avtomobilini olib qochdi

Tun qorong‘usidan foydalangan noma'lum jinoyatchi Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi “Baliqchi” mahalasida istiqomat qiluvchi fuqaroning mazkur tumandagi “Nurmirza” choyxonasi yaqiniga qo‘yib ketilgan Nexia rusumli avtomobilini o‘g‘irlab ketdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ko‘rilgan tezkor qidiruv-tergov choralari tufayli avtomobil soz holatda topildi. Avtomobil o‘g‘risi “Katta buloq” mahallasida yashovchi mast holatdagi 25 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.

Top