01:08 / 30.08.2015
2252

Bavariya” “Bayyer” ustidan yirik g‘alabaga erishdi

29 avgustda Germaniya bundesligasining 3-turi doirasida Myunxendagi “Alyants-Arena” maydonida “Bavariya” va “Bayyor” uchrashdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida myunxenliklar hujumchisi Tomas Myuller raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Uchrashuvning 2-bo‘limida maydon egalari raqib darvozasiga 11 metrlik jarima nuqtasidan yana ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldilar: 60-daqiqada Myuller, 71-daqiqada esa Aren Robben jarima to‘pini aniq amalga oshirib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdilar. Myuller uchrashuvda dublga erishdi.

Germaniya. Bundesliga. 3- tur
Bavariya (Myunxen) – Bayyer (Leverkuzen) – 3:0
Gollar: Myuller, 26 (1:0); Myuller, 60 (2:0, pen); Robben, 71 (3:0, pen).
Ogohlantirishlar: Bernat, 8; Alkantara, 19 – Vendell, 6; Kramer, 18; Kruz, 72.

3-turdan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlar quyidagicha yakunlandi:

Shtutgart — Ayntraxt 1:4
Gollar: Didavi, 30 — Gloushek, 11 (avtogol), Kastaynos, 42, 87, Seferovich, 69 (pen.)

Augsburg - Ingolshtadt 0:1
Gol: Leki, 63

Keln - Gamburg 2:1
Gollar: Xoziner, 76, Modest, 81 (pen.) — Xoltbi, 47

Maynts - Gannover 3:0
Gollar: Muto, 15, 29, Malli, 47

Darmshtadt 98 — Xoffenxaym 0:0

Top