16:48 / 30.08.2015
7644

IShID jangarilari antiterror namoyishining 200 qatnashchisini o‘g‘irlab ketdi

IShID jangarilari Iroq g‘arbidagi Anbar provinsiyasida yashovchi 200 tinch aholi vakilini o‘g‘irlab ketdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Er-Ruta shahri meri Imad Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlab ketilganlar bir necha kun avval terrorizmga qarshi namoyishda ishtirok etgan.

Ayni paytda yo‘qolganlarning qayerda ekani haqida hech qanday xabar yo‘q.

Top