12:00 / 30.08.2015
5091

Netanyaxu Eronni IShIDdan ham xavfliroq ekanini aytdi

“Oltilik” davlatlari va Eron o‘rtasidagi Eron yadro dasturi to‘g‘risidagi kelishuv Tehronga terrorchilik faoliyatlarini ko‘proq mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlashga imkon tug‘diradi, dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.

“Sanktsiyalarning olib tashlanishi va investitsiyalar sharofati bilan Eron o‘zining Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va boshqa xorij mamlakatlaridagi tajovuzkor terroristik faoliyatini yuz milliardlab dollar bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi”, – dedi u Italiyaga tashrifi chog‘ida.

Netanyaxu Eron “IShID”dan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘dirishiga ishonch bildirdi, deya xabar berdi “Interfaks”.

Top