21:09 / 31.08.2015
2116

“Gazprom” va UYeFAning Chempionlar Ligasidagi shartnomasi yana uch yilga uzaytiriladi

“Gazprom-Germaniya” kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Burkxard Velki “Gazprom” va UYeFAning Chempionlar Ligasida homiylik qilish bo‘yicha shartnomasi 10 kun ichida imzolanishini ma'lum qildi. 

“Chempionlar Ligasi shartnomasi uch yilga, 2017/2018 yillardagi mavsum oxirigacha uzaytiriladi. Tomonlar orasida barcha detallar kelishib olindi va biz faqat janob Aleksey Millerning shartnoma ostida imzo qo‘yishini kutmoqdamiz. Aytish mumkinki, bitim tuzishimizga bir qadam qolmoqda. Fikrimcha, bu 10 kundan ko‘p vaqtni olmaydi”, deb aytmoqda Velki.

“Ko‘rishimizcha, shartnoma Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumining oxirida tugaganiga qaramay, joriy mavsumda “Gazprom” brendi musobaqaning rasmiy mahsulotida taqdim qilingan”, deb qo‘shimcha qildi Velki.

“Gazprom” 2012 yildan Chempionlar Ligasining rasmiy homiysi hisoblanadi. Amaldagi shartnomaning muddati 2014/15 yillardagi mavsumdan keyin yakunlangan edi.

Top