04:48 / 31.08.2015
2578

Amaldagi Italiya chempioni “Yuventus” A seriyasidagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatiga uchradi

Italiya A seriyasining 2-turida “Roma” o‘z maydoni – “Olimpiko” stadionida amaldagi chempion “Yuventus” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Turinliklar joriy chempionat ilk o‘yinlarida ketma-ket ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchrashdi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida rimliklar o‘yinchisi Miralem Pyanich hisobni ochdi. 2-bo‘limning o‘rtasida turinliklarning zaxira darvozaboni qizil kartochka oldi. 78-daqiqada “Yuve” 10 kishi bo‘lib qoldi: maydondan Patris Evra chiqarib yuborildi. Shundan bir daqiqa o‘tib, Edin Jyeko rimliklarning ustunligini 2 ta to‘pga yetkazib qo‘ydi. Asosiy vaqt tugashi arafasida Paulo Dibala bir to‘pga farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

“Yuventus” birinchi marta Italiya chempionatining 74 yillik tarixida chempionatning ketma-ket ilk ikkita uchrashuvini yutqazdi.

”Roma” musobaqa jadvalida 4 ochko bilan 2-o‘rinni, hali birorta ochko yig‘a olmagan “Yuventus” 18-o‘rindan joy oldi.

Italiya. A seriyasi. 2-tur

Roma – Yuventus – 2:1
Gollar: Pyanich, 61 (1:0); Jyeko, 79 (2:0); Dibala, 87 (2:1).
Chetlatish: Rubino, 66; Evra, 78 (Yuventus)

Turning qolgan uchrashuvlari quyidagicha yakunlandi:

Milan - Empoli 2:1
Gollar: Bakka, 17, Luis Adriano, 69 — Saponara, 20

Torino – Fiorentina – 3:1
Gollar: Alonso, 10 (0:1); Moretti, 67 (1:1); Kvalyarella, 69 (2:1); Bazelli, 77 (3:1).

Bolonya — Sassuolo 0:1
Gol: Floro Flores, 86

Napoli — Sampdoriya 2:2
Gollar: Iguain, 9, 39 — Eder, 58, 60

Karpi (Karpi) – Inter (Milan) – 1:2
Gollar: Yovetich, 31 (0:1); Di Gaudio, 81 (1:1); Yovetich, 89 (1:2, pen).

Djyenoa (Genuya) – Verona (Verona) – 2:0
Gollar: Pavoletti, 57 (1:0); Gakpe, 76 (2:0).

Atalanta (Bergamo) – Frozinone (Frozinone) – 2:0
Gollar: Stendardo, 21 (1:0); Gomes, 69 (2:0).
Urilmagan penalti: Pinilya, 9 (Atalanta)

Udineze (Udine) – Palermo (Palermo) – 0:1
Gol: Rigoni, 8 (0:1).

 

Top