18:18 / 31.08.2015
3147

Ayirmachilar yangi konstitutsion o‘zgartishlar Ukrainani markazlashtirishga qaratilganini iddao qildi

Tan olinmagan “Lugansk demokratik respublikasi” rahbariyatining fikricha, Ukraina Oliy Radasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan konstitutsion o‘zgartishlar Minsk kelishuvlariga muvofiq kelmaydi.

“Bu o‘zgartishlar markazlashuvni bekor qilmaydi. Aksincha, hokimiyatni markazlashtirishga qaratiladi, prefektlar instituti joriy qilinadi, ular mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ustidan nazoratni qo‘lga oladi. Shu bois hozir bo‘layotgan jarayonlar Minsk kelishuvlariga mos kelmaydi”, - dedi ayrimachilar vakili Vladislav Deynego Interfaks agentligiga bergan intervyusida.

Ilgariroq tan olinmagan “Donetsk demokratik respublikasi” vakili Denis Pushilin ham ushbu o‘zgartishlarni tanqid ostiga olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Ukraina parlamenti mamlakatda hokimiyatni markazlashtirishni bekor qilish haqidagi konstitutsion o‘zgartishlarni birinchi o‘qishda qabul qildi.

Top