16:11 / 31.08.2015
12431

Jahon tillari universitetining yangi binosi qurib bitirildi

Toshkentda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining yangi o‘quv-ma'muriy binosi qurib bitirildi. 1news.uz saytida ushbu binoning suratlari chop etildi.

Aytilishicha, binoda 2 200 talaba ta'lim oladi.

Bino yaqinida zamonaviy sport kompleksi, 400 kishilik oshxona va xorijiy mutaxassislar uchun mehmonxona qad ko‘tardi. Talabalar shu o‘quv yilidan boshlab ushbu binoda ta'lim ola boshlaydi.

Top