20:18 / 31.08.2015
2575

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida qishloq shifoxonasi binosi ta'mirlandi

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Qipchoq ovulida qishloq shifoxonasi binosi mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Butunlay yangi qiyofa kasb etgan shifoxona binosida 2 milliard 400 million so‘mlikdan ortiq qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy asbob-uskunalar, tashxis apparatlari bilan jihozlandi.

"Mukammal ta'mirdan so‘ng shifoxonamiz g‘oyat ko‘rkam va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Keng va yorug‘, ozoda xonalarda shifokor va bemorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy tibbiy uskunalarda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash imkoniyati yanada kengaydi", – deydi shifokor Gulora Abdullayeva.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev so‘zga chiqdi.

Top